
"Arsenal" tarixidagi eng yaxshi futbolchilar e’lon qilindi
Nufuzli Goal portali jurnalistlari "Arsenal" tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni o‘z vaqtida “kanonirlar” libosida muntazam ravishda gol urgan va maydonda haqiqiy sehr yaratgan Terri Anri egalladi. Ikkinchi o‘rindan yana bir afsonaviy o‘yinchi - Dennis Bergkamp joy oldi. Kuchli uchlikni “Arsenal”ning sobiq sardori Patrik Vieyra yakunladi. Keyingi o‘ntalikka Rober Pires, Freddi Lyungberg, Sol Kempbell, Sesk Fabregas, Jilberto Silva, Robin van Persi va Eshli Koul kirdi.
"Arsenal" ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Mikel Arteta jamoasi peshqadam “Liverpul”dan bir ochko ortda qolmoqda.
Fikrlar