"Arsenal" va "Manchester Siti" bir futbolchi uchun da’vogarlik qilmoqda

  • 22 avgust, 2020, 00:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" yarim himoyachisi Ussam Auar APL grandlarining e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

Tecno

ESPN nashrining yozishicha, 22 yoshli frantsuzni "Manchester Siti" va "Arsenal" o‘z safida ko‘rmoqchi. “Kanonirlar” ushbu transfer uchun “Lion”ga hatto himoyachi Matteo Genduzini ham qo‘shib berishga tayyor.

Ussam Auar o‘tgan mavsum 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 49,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!