«Arsenal» va «Manchester Yunayted» «Liverpool»ning sobiq futbolchisi uchun kurashmoqda

  • 18.08.2026 17:25
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bayer» tarkibida o‘ynayotgan markaziy himoyachi Jarell Kuansa yaqin vaqtlarda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqida FootballTransfers nashri xabar bermoqda.

 

Manbaning ma’lum qilishicha, yosh angliyalik himoyachiga bir vaqtning o‘zida ikki yetakchi klub – «Arsenal» va «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kuansaning «Bayer» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevro atrofida baholamoqda.

 

Jarell Kuansa «Bayer» safiga «Liverpul» klubidan o‘tgan edi. U Germaniya jamoasi tarkibida shu kungacha 44 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!