"Arsenal" va MYu Marko Roysga qiziqib qolishdi
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Marko Roys bir qator ingliz klublarining e’tiboriga tushdi.
Sport Bild nashrining xabar tarqatishicha 28 yoshli nemis futbolchisini “Arsenal” va “Manchester Yunayted” kabi jamoalar o‘z saflarida ko‘rishmoqchi. Har ikkala ingliz klubi ham dortmundliklar bilan shartnomasi 2019 yilda o‘z nihoyasiga etadigan Roysni sotib olishga urinib ko‘rishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Marko Roys ayni damda olgan jarohatidan davolanish bilan band. U katta ehtimol bilan 2018 yilga qadar maydonga tusha olmaydi.

Fikrlar