"Arsenal" Vinisius transferi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 29.07.2026 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» Vinisius Juniornі olish imkoniyati juda kamligini tan oldi. «Real» hujumchisi Vinisius Junior bilan klub oʻrtasidagi amaldagi shartnoma yana bir yildan soʻng tugaydi.

Manbalar xabar berishicha, Londonning «Arsenal» jamoasida endi braziliyalik forvardni olishga deyarli umid qolmagan. Avvalroq «kanonirlar» Vinisius «Real» bilan shartnomani uzaytirmasa, uni erkin agent sifatida yoki boshqa shartlar asosida olish variantlarini koʻrib chiqqan edi.

Insayderlar maʼlumotiga koʻra, hozir «Arsenal» rahbariyati bu transfer amalga oshish ehtimoli juda past deb hisoblamoqda. Angliya klubida Vinisius Junior «Real» bilan yangi shartnoma imzolashini kutmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Vinisius Junior 2018 yili «Flamengo» klubidan «Real» safiga qoʻshilgan. Madrid jamoasi tarkibida u ikki marta Chempionlar ligasi, uch marta esa Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!