"Arsenal" Vinisiusning "Real"da qolganiga munosabat bildirdi

  • 07.08.2026 08:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

TEAMtalk nashrining yozishicha, “kanonirlar” vingerning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor bo‘lgan, shu maqsadda uni jamoaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirish uchun bir necha bor urinish ham qilingan. 

Endi esa klub rahbariyati hujumning chap qanotini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni qidirishga e’tibor qaratadi.

- Albatta, bu ma’lum ma’noda noxush holat, lekin bunday natija ehtimoliy stsenariy sifatida qaralgan, asosiy variant deb baholanmagan. U hech qachon “Arsenal” uchun yagona nomzod bo‘lmagan, - deya ta’kidlagan “kanonirlar” vakili TEAMtalk nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni “Real” klubi futbolchi bilan yangi shartnoma imzolanganini ma’lum qildi. Yangi kelishuv 2032 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!