“Arsenal” yangi hujumchi sotib olmoqchi

  • 11 dekabr, 2022, 05:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” klubi futbolchisi Gabriel Jezus tizzasidan olgan jarohati tufayli keyingi 3 oyni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Klub uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida hujumchi sotib olishga harakat qiladi. “Kanorirlar” qishda Dushan Vlaxovichni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin, deya xabar bermoqda “CalcioMercatoweb” nashri.

Tecno

“Arsenal” ushbu transferga o‘tgan yilgi qishki transferlar oynasida ham harakat qilgandi. Ammo futbolchi “Yuventus”ni tanlagandi. Turin jamoasidagi o‘yinlari sabab hujumchi Angliyaga yo‘l olishi mumkin.

Vlaxovich ushbu mavsum barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, 3 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!