“Arsenal” yosh yulduz uchun besh o‘yinchidan voz kechdi

  • 8 iyul, 2021, 16:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” anchadan beri “Lion” etakchisi Ussem Auar transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. “Kanonirlar” 23 yoshli yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun 25 million funt topishi kerak.

Tecno

Chempionatda muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan jamoa esa transferlarga pul topishga qiynalmoqda. “Arsenal” Auarni olish uchun besh nafar futbolchidan voz kechishga rozi bo‘ldi.

Hozircha, Matteo Genduzini “Marsel” ijaraga oldi. Granit Jakani  Joze Mourino “Roma”ga chorlamoqda.

Yozda klub pul ishlab olish uchun Lukas Torreyra, Jo Uillok va Eynsli Meytlen-Nailzga yangi jamoa topib berishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!