
"Arsenal" yozda "Milan" forvardini sotib olmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi mavsumlar oralig‘ida "Milan" forvardi Susoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 25 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘yinlarini ko‘pdan buyon kuzatib kelishmoqda. Ular Suso evaziga “rossonerilar”ga uning shartnomasida ko‘rsatilgan 40 mln evro tovon pulini to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Suso joriy mavsum “Milan” safida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar