«Arsenal» «Yuventus» yulduzini sotib olishga yaqin
«Yuventus» hujumchisi Kenan Yıldız faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist David Ornshteyn xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni «Arsenal» klubi olib bormoqda. London jamoasi bitimni yakunlashga juda yaqin turgani aytilmoqda.
Transfer qiymati 80 million funt atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Yıldızning o‘zi ham aynan «Arsenal»ga o‘tishni istamoqda va «Yuventus»dan tezroq ketish jarayonini jadalashtirayotgani ta'kidlanmoqda.

Fikrlar