
"Arsenal" "Yuventus"ga Mustafi sotilmasligini aytdi
Turinning “Yuventus” klubi “Arsenal” himoyachisi Shkodran Mustafining transferi borasida taklif bilan chiqdi.
Football Italia nashrining xabar berishicha “keksa sinora” 25 yoshli germaniyalik futbolchini qishki transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Boisi, “Yuventus”ning o‘tgan yoz sotib olgan himoyachisi Benedikt Xevedes jarohati sabab uzoq vaqtdan buyon maydonga tusha olmayapti. Ta’kidlash kerakki, Xevedes Turin super klubiga ko‘chib o‘tganidan buyon bor yo‘g‘i 1ta uchrashuvda ishtirok etdi holos. O‘z navbatida, “Arsenal” Mustafini sotishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi a’zosi joriy mavsum “Arsenal” safida jami 9ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar