“Arsenal”dan ikki marta “kaltak” egan “Real” tarkibni o‘zgartiradigan bo‘ldi

  • 18 aprel, 11:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining chorak finalidan “Arsenal”dan ikkita uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchragan “Real” yozgi transferlar vaqtida qaysi nuqtalarni kuchaytirish kerakligini aniqlab oldi.

COPE nashrining yozishicha, madridliklar yozda bir necha pozitsiyaga yangi ijrochilarni olib kelishga qaror qilgan. Xususan, himoya chizig‘ining chap qanotiga zudlik bilan o‘yinchi topish zarur. “Qirollik klubi” bu pozitsiyasiga Alfonso Devisni mo‘ljallagan edi. Biroq kanadalik futbolchi “Bavariya”da qolishni ma’qul ko‘rdi va yangi shartnoma tuzib bo‘ldi.

“Real”ga markaziy himoyachi ham kerak. Klub mutasaddilari anchadan beri himoyani boshqara oladigan o‘yinchi qidiryapti va bir necha nomzodlarni o‘rganib chiqmoqda.

Ispaniya chempionlari rejasida yarim himoyachi olish masalasi ham bor. Ammo bu reja jamoani hozirgi tarkib vakillaridan birortasi sotib yuborgan taqdirdagina kuchga kiradi.

Bundan tashqari, klub mutasaddilari “Liverpul”dan ketishi aniq bo‘lgan o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning transferini oxiriga etkazib qo‘yishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!