"Arsenal"ga "Atletiko" himoyachisi kerak

  • 8 avgust, 2021, 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Kiran Tripper faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli angliyalik futbolchining xizmatlariga "Arsenal"da ham qiziqish paydo bo‘lgan.

Tripperning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Uning ayni damdagi transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Tripperga "Manchester Yunayted"dan takliflar borligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!