
"Arsenal"ning 3 nafar etakchisi bugun "Napoli"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi bugun Evropa ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Napoli"ga qarshi o‘yindan oldin kadrlar muammosiga duch keldi.
"Kanonirlar" bosh murabbiyi Unai Emerining so‘zlariga ko‘ra himoyachi Loran Kosielni, yarim himoyachi Granit Jaka va hujumchi Per-Emerik Obameyanglarning bugungi o‘yinda ishtirok etishlari so‘roq ostida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" - "Napoli" o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi. Javob o‘yini esa 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar