"Arsenal"ning asosiy hujumchisi MYuga qarshi bahsda ishtirok etolmaydi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger kecha "Xaddersfild"ga (5:0) qarshi bahsda zahiraga olingan Aleksandr Lyakazettning sog‘ligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Menimcha Lyakazettning jarohati jiddiyroqqa o‘xshaydi. U "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi”, - frantsiyalik mutaxassis Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Lyakazett joriy mavsum premer-ligada jami 14ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.



Fikrlar