“Arsenal”ning rejasi amalga oshadi

  • 31 mart, 2021, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”ning ispaniyalik bosh murabbiyi Mikel Arteta “Real” tarkibiga kirolmagan futbolchilarning iste’dodlarini sayqallash ustasi hisoblanadi. Qishki transferlar vaqtida Madrid klubida joyini topa olmagan Martin Edegor ijaraga olingan edi.

Tecno

“Kanonir”lar yaqin kelajakda jamoa o‘yinini aynan mana shu yarim himoyachi atrofida qurishga qaror qildi. Shu bois, londonliklar Edegorning transfer huquqini to‘lig‘icha sotib olishni rejalashtirmoqda.

Avvaliga “Qirollik klubi” iste’dodli futbolchi sotilmasligini bildirgandi. Biroq, yaqinda Zinedin Zidan kelasi mavsumda ham Edegorga asosiy tarkibdan joy berish rejasi yo‘qligini ma’lum qilib, uning sotib yuborilishiga rozi bo‘ldi.

Endi “Arsenal”da yozda bu o‘yinchini sotib olish imkoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!