
Arshavin "Arsenal"ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri edi
Londonning "Arsenal" klubida to‘p surgan mashhur hujumchi Emmanuel Adebayor ushbu jamoada o‘ynagan rossiyalik futbolchi Andrey Arshavinning faoliyati haqida gapirdi.
“U “Arsenal”ning eng yaxshilaridan biri bo‘lgan. Andrey ajoyib o‘yinchi edi. Uning «Liverpul»ga qarshi o‘tkazgan pokerini hech qachon unutmayman, bu aql bovar qilmaydigan o‘yinchining ajoyib o‘yini edi”, — dedi togolik sobiq futbolchi.
Arshavin "kanonirlar" tarkibida besh mavsum o‘tkazgan va ushbu davr mobaynida jami 144 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan va 38 ta golga assistentlik qilgan.
Ayni paytda Andrey Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi boshqaruvida faoliyat olib bormoqda.
Fikrlar