Arshavin "Enfild"dagi pokeri haqida esladi

  • 22 avgust, 2019, 14:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin 2009 yilgi mavsumda "Liverpul"ga (4:4) qarshi o‘yinda qayd etgan pokeri haqida gapirib o‘tdi.

“Men uchun bu oddiy o‘yinlardan biri edi, hech qanday alohida ahamiyatga ega emasdi. Esimda, shu kuni mashg‘ulotlar paytida bugun yutqazmaymiz deb o‘ylagandim.

Albatta, 4 ta gol urishimni tasavvur qilolmasdim.

Men hamisha “Arsenal” muxlisi bo‘lib qolaman. Angliyada men faqatgina shu jamoada o‘ynadim. Shunday ekan “kanonir” bo‘lib qolaman”, - deydi rossiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Arshavin 2009-2013 yillarda “Arsenal” safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!