Arshavin faoliyatidagi eng hayajonli 3 ta voqeani aytdi

  • 12 aprel, 2019, 17:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik mashhur futbolchi Andrey Arshavin “Zenit” klubi matbuot xizmatiga bergan intervyusida faoliyatidagi eng hayajonli voqealar qaysiligini aytdi.

“Faoliyatimdagi eng hayajonli payt? Menda bunaqasi 3 marta bo‘lgan. Birinchisi, “Lujniki”da Angliya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratganimda. Ikkinchisi, UEFA kubogini qo‘lga kiritganimda. Uchinchisi, “Zenit” safida ilk bor Rossiya chempioni bo‘lganimda”, - deydi Arshavin.

Ma’lumot uchun, Andrey Arshavin faoliyati davomida “Zenit” va “Arsenal” kabi mashhur klublarda to‘p surgan. Rossiya terma jamoasi safida esa 2008 yilgi Evropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!