
Arshavinning boyib ketishiga sobiq xotini sababchimi?
Rossiya terma jamoasi va “Arsenal”da o‘ynagan Andrey Arshavinning sobiq xotini Yuliya Baranovskaya futbol yulduzi u tufayli katta pul ishlab topganini aytdi.
“Million dollar qachon paydo bo‘lgan? Unga buni men aytganman. U kamroq so‘ramoqchi bo‘lgan, men esa unga: “Jinnimisan? Uch baravar so‘ra”, - deganman. Agar men bo‘lmaganimda, unda ham millionlar bo‘lmasdi. Tanishganimizdan ma’lum vaqt o‘tib, shu uch million keldi”, - deydi Yuliya.
Arshavin va Baranovskaya 9 yil davomida birga yashagan. Ularning 3 farzandi bor: Artyom (2005), Yana (2008) va Arseniy (2012). Andrey shundan keyin teleboshlovchi Alisa Kazminaga uylandi va 2017 yilda undan Eseniya ismli qiz ko‘rdi. Ular 2019 yilda ajrashdi.
Fikrlar