Arteta: "Arsenal" g‘alabaga loyiq edi"

  • 13 aprel, 11:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 32-turidan o‘rin olgan "Arsenal" hamda "Brentford" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Ushbu natijadan keyin londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi ikki ochkoni yo‘qotganini ta’kidladi.

Tecno

"Bu natija achinarli, chunki biz aslida ikki ochkoni yo‘qotdik. Biz nima qildik, qanday ustunlik qildik va darvozamiz oldida qanchalik kam vaziyatlarga yo‘l qo‘ydik — bularni hisobga olsak, g‘alaba uchun etarli o‘yin ko‘rsatdik, deb o‘ylayman. 

Hujumdagi qiyinchiliklar haqida

Har doim shunday bo‘ladi, chunki "Brentford" yaxshi tashkillashgan jamoa. Ularning darvozasi oldida doimiy vaziyatlar yaratish juda qiyin. Bizda bir qancha vaziyatlar bo‘ldi va ularni yaxshi yakunlashimiz mumkin edi" – deb qo‘shimcha qildi ispaniyalik murabbiy.

Ma’lumot o‘rnida, "to‘pchilar" chorshanba kuni Madridning "Real" klubi mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!