Arteta "Barsa" kutayotgan hujumchini olib qoʻymoqchi
Arteta qishki transfer oynasi uchun rejasini belgilab oldi. «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta qishki transfer davrida «Bornmut» tarkibida toʻp surib kelayotgan 20 yoshli fransuz hujumchisi Eli-Junior Krupini jamoasiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida The Independent nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Arteta bir necha oydan beri Krupining oʻyinlarini diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Yosh forvard Angliya premer-ligasida eng istiqbolli hujumchilardan biri sifatida baholanmoqda.
Yozgi transfer oynasida unga «Barselona» ham jiddiy qiziqish bildirgan, ammo futbolchi jarohati tufayli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani sababli, boshqa klubga oʻtish masalasi amalga oshmay qolgan.
Krupi 2025 yili «Loryan» klubidan «Bornmut» safiga qoʻshilgan. Oʻtgan mavsumda u premer-ligada 33 oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Fikrlar