Arteta muxlislardan uzr so'radi: "O'z darajamizni ko'rsata olmadik"
Angliya chempionati 32-turidan o‘rin olgan bahsda Londonning "Arsenal" jamoasi o‘z maydonida "Bornmut"ga 1:2 hisobida kutilmagan tarzda mag‘lub bo‘ldi. Ushbu natija chempionlik poygasida intrigani yanada kuchaytirdi.
Uchrashuvdan keyin "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa o‘yinidan qattiq norozi ekanini yashirmadi va muxlislarga murojaat qildi.
"Bu o‘yinda biz o‘z darajamizni ko‘rsata olmadik. Muxlislarning qo‘llab-quvvatloviga munosib javob berishimiz kerak edi. Muxlislardan uzr so‘rashimiz va albatta kuchayishimiz shart", — dedi ispaniyalik mutaxassis.
Mazkur mag‘lubiyatga qaramay, London klubi 70 ochko bilan Angliya Premier-ligasi jadvalida peshqadam bo‘lib qolmoqda. Biroq ikkinchi o‘rindagi "Manchester Siti" farqni qisqartirish imkoniyatiga ega: ayni paytda ularning orqada qolishi 9 ochko, shu bilan birga zahirada ikki o‘yini ham bor.
Fikrlar