Arteta o‘rniga “Arsenal”ni boshqaradigan nomzod topildi
Mikel Arteta ikki mavsumdan beri “Arsenal” o‘yinini tashkil qila olmayapti. “Kanonirlar” o‘tgan mavsumda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgani etmaganidek, joriy mavsumni ham ketma-ket ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi.
Klub mutasaddilari vaziyatni o‘nglash uchun Artetaga beshta uchrashuvdan iborat muhlat berdi. Shu bilan birga ular ispaniyalik mutaxassis o‘rnini egallaydigan murabbiy qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
“Arsenal”ni boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida “Inter”ni chempion qilgan Antonio Konte e’tirof etilmoqda.
O‘zaro muzokaralarda ilgari “Chelsi”ni boshqargan italiyalik murabbiy Anlya premer-ligasiga qaytish istagini bildirgan.
Fikrlar