Arteta: "O'yin va natijadan juda mamnunmiz"

  • 07.02.2026 23:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL doirasida "Sanderlend" ustidan qozonilgan ishonchli g‘alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Biz o‘yin va natijadan juda mamnunmiz. Juda qiyin bahs bo‘ldi, raqib haqiqatdan ham kuchli va sizga muammolar tug‘dira oladi. Shu sababli uchrashuv juda uzoqdek tuyuldi.

Darvozamiz oldidagi vaziyatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, biz deyarli hech narsaga yo‘l qo‘ymadik. Biroq to‘liq hukmronlik qilish va o‘yinni nazoratga olish oson emasdi, chunki raqib kombinatsiyalarni yaxshi buzadi.

Har uch kunda maydonga tushib, bor kuchini berayotgan futbolchilarni alohida e’tirof etish kerak. Men jamoamdan juda mamnunman", – dedi "Arsenal" ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!