
Arteta shogirdlariga penalti tepishni o‘rgatish kerak
"Arsenal" 1992 yildan beri eng yomon penalti amalga oshirish bo‘yicha eng yomon natijasini qayd etdi. Bu haqda Opta statistik portali xabar tarqatmoqda.
"Kanonirlar" ketma-ket uchta 11 metrlik zarbani golga aylantira olishmadi. Ushbu penaltilarning ikkitasini Per-Emerik Obameyang amalga oshirgan bo‘lsa, bittasini Aleksandr Lyakazett tepgan.
Bu "Arsenal" bilan 29 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi. O‘shanda penaltini golga aylantira olmaslik seriyasi 5 tani tashkil etgan.
“Arsenal” APLda 17-turdan so‘ng 29 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar