Arteta: "So‘nggi o‘n yil davomida standart vaziyatlar bo‘yicha ishlab kelyapman"

  • 25 oktabr, 13:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoaning standart vaziyatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlariga to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

"Men futbolchi bo‘lgan davrimda ham standart vaziyatlardan samarali foydalanishga katta ahamiyat berganman. O‘n yildirki, shu yo‘nalishda ishlab kelaman", — dedi Arteta.

Qayd etish joiz, 10 yil avval Arteta "Arsenal" safidagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan va shu paytda murabbiylik litsenziyasini olayotgan edi.

Joriy mavsumda "Arsenal" turli musobaqalarda urgan 25 golning 10 tasini standart holatlardan kiritgan — bu esa jamoaning muvaffaqiyatida muhim omil bo‘ldi.

Shu bilan birga, Arteta bu ko‘rsatkich haqida ortiqcha xavotirda emasligini ta’kidladi:

"Men futbolni ochiq o‘yin va standart vaziyatlarga bo‘lib ko‘rmayman", — dedi to‘pchilar ustozi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyat uchun himoyadagi ishonchli o‘yin ham juda muhim.

"Ko‘pincha chempionlikni eng yaxshi himoyaga ega jamoa qo‘lga kiritadi", — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

"Kanonirlar" APLning 8 o‘yinida atigi 3 gol o‘tkazgan. Bu ko‘rsatkich 2004/05 yilgi "Chelsi"ning 15 gollik tarixiy natijasi bilan deyarli teng yoki undan ham yaxshi.

Londonliklar Premer-ligada 400 daqiqadan ortiq vaqt mobaynida gol o‘tkazmayapti. Ular "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda bu ko‘rsatkichni 500 daqiqagacha etkazishni maqsad qilishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!