Arteta taqvimdan norozi: Biz o‘zimizga nisbatan hurmat xohlaymiz
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya liga Kubogi doirasida "Kristal Pelas" bilan bo‘ladigan uchrashuv sanasidan norozi.
O‘yin 23 dekabrga belgilangan. "To‘pchilar" 21 dekabrda "Everton" va 27 dekabrda "Brayton" bilan o‘ynaydi.
"Umid qilamizki, Premer-liga o‘yinimizni keyinga qoldiradi. Sababi, biz ikki kundan so‘ng yana o‘ynaymiz. Bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ishonchim komilki, Premer-liga o‘yinimiz sanasi o‘zgartiriladi.
Qaysi sana biz uchun ma’qul ekanini bilamiz, ammo ular boshqa sanani taklif qilishmoqda. Albatta, biz quyidagi tamoyillarga amal qilamiz. Dastlab, o‘yinchilar, ikkinchi navbatda muxlislar va "Kristal Pelas" bilan teng imkoniyatlar. Umid qilamizki, hamma narsa adolatli bo‘ladi.
Bizda jami 7 nafar jarohatlangan futbolchilar bor. Agar har uch kunda o‘ynashda davom etsak... Biz o‘zimizga nisbatan hurmat xohlaymiz. Bu eng muhimi", - dedi Arteta.



Fikrlar