Artetaga “Arsenal”ni qutqarish uchun muhlat berishdi

  • 24 avgust, 2021, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy  mavsumda yuqori o‘rinlar uchun kurashishi kutilgan “Arsenal” premer-liganing dastlabki ikki turida mag‘lubiyatga uchradi va hali birorta gol urolgani yo‘q.

Tecno

Klub rahbariyati bosh murabbiy Mikel Artetaning ishidan qoniqmayapti. Ispaniyalik murabbiy “Arsenal”ni 60 ta uchrashuvda maydonga olib tushgan bo‘lsa, “kanonirlar” shulardan 20 tasida mag‘lubiyatga uchradi.

Solishtirish uchun aytish joizki, 1996-2018 yillar davomida “Arsenal”ni boshqargan Arsen Venger qo‘l ostida jamoa 20-mag‘lubiyatini 116-uchrashuvda qabul qilib olgandi.

Shu bois, “Arsenal” xo‘jayinlari Artetaga vaziyatni o‘nglash uchun beshta uchrashuvdan iborat muhlat berdi. Agar u vazifani uddalay olmasa, o‘rnini bo‘shatib berishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!