Artetaning bu futbolchini "Arsenal"da ko‘rishga ko‘zi yo‘q

  • 01.01.2022 11:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Arsenal” klubi rahbariyati gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang o‘rniga munosib hujumchi qidirmoqda, deb xabar bermoqda ESPN o‘z manbalariga tayanib.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta tomonidan tuzilgan ehtimoliy yangi futbolchilar ro‘yxatidan Aleksandr Isak (“Real Sosedad”), Dushan Vlahovich (“Fiorentina”), Dominik Kalvert-Lyuin (“Everton”) va Olli Uotkins ("Aston Villa") bor.

Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassis nazarida “Aston Villa” hujumchisi Olli Uotkins favorit hisoblanadi.

Arteta Obameyangni yanvarda "Arsenal"dan ketishini xohlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!