Artetaning rejasi barbod bo‘ldi

  • 15 yanvar, 2020, 16:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Jon Stounzni "Arsenal"ga sotishni xohlamadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli angliyalik futbolchini shaxsan "kanonirlar"ning yangi bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z jamoasida ko‘rishni xohlayotgan edi. Biroq, “shaharliklar” uni London klubiga qo‘yib yuborishni rad etishdi.

Ma’lumot uchun, Stounz joriy mavsum “Manchester Siti” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!