
Artyom Dzyuba legionerimiz Hojimat Erkinov bilan jamoadosh bo‘lishi kutilmoqda
Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba "Torpedo" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "RB Sport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi moskvaliklar bilan 6 oylik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Biroq klub Artyom borasida hali yakuniy qarorga kelmagan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu jamoa safida hamyurtimiz Hojimat Erkinov ham to‘p tepadi.
Dzyuba ko‘pchilikka "Zenit"dagi o‘yinlari va 2018 yilgi jahon chempionatidagi qahramonligi bilan esda qolgan.
Fikrlar