Artyom Filiposyanga "So‘g‘diyona" klubi qiziqish bildirmoqda

  • 26.11.2019 20:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Joriy yilgi mavsumni Tailandning «Prachuap» jamoasida o‘tkazgan hamyurtimiz Artyom Filiposyan yaqinda yurtimizga qaytib keldi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi yakunlangani bois tomonlar do‘stona ravishda xayrlashishgandi.

Ayni paytda uyda dam olayotgan Filiposyanning kelasi mavsumni qaerda davom ettirishi albatta muxlislar uchun qiziq tuyulishi tabiiy. Olingan ma’lumotlarga qaraganda, unga Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi tomonidan qiziqish bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, Artyom Filiposyanga yana Tailandning boshqa klublaridan takliflar bo‘layotganligi borasida ham ma’lumotlar bor. Hozirda futbolchi bir qarorga kelgani yo‘q. Hammasi muzokaralar qanday bo‘lishiga bog‘liq. Shunday ekan, voqealar rivojini kuzatib boramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
26/11/2019 22:18
Рефере тайм УЯТ тайм куйиш керак эх суф саллага