Artyom Petrosyan: "Paxtakor"ning o‘yiniga ko‘proq e’tibor qaratdim"

  • 31 may, 2024, 00:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superkubogida “Paxtakor” penaltilar seriyasida “Nasaf”ga imkoniyatni boy berganidan xabaringiz bor. Bu bellashuv barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi, deyish mumkin.

Tecno

Endi alamli mag‘lubiyatga uchragan “Paxtakor”ni chempionat doirasida safarda “Andijon”ga qarshi yana bir og‘ir uchrashuv kutib turibdi. “Andijon” jamoasi murabbiyi Artyom Petrosyan “Sherlar”ning Superkubokdagi ishtiroki va bo‘lajak bahs xususida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Superkubokdagi o‘yin sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Birinchidan, “Nasaf” klubini g‘alaba bilan tabriklayman! Ikkinchidan, “Paxtakor”ga achinaman. O‘yinni bunday tarzda - penaltilar seriyasida boy berish ikki hissa alam qiladi. Ustiga-ustak bellashuv davomida hisobda ancha vaqt ustunlik qilgan klub a’zolari uchun bu juda ham alamli. Bevosita o‘yinning o‘ziga to‘xtalsam, u menda yaxshi taassurot qoldirdi. Binobarin, bir qancha muammolari bor bo‘lgan “Paxtakor” haqida iliq fikrlar bildirib o‘tgan bo‘lardim. Klub bugun juda ham munosib o‘yin namoyish etdi.

- O‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘lishini bilarmidingiz? Umuman olganda, sizga yoqdimi?

- Yana shuni aytmoqchi bo‘lganim, qiziqarli kechgan bahsda penaltilar seriyasi o‘tkazilishi mumkinligini kutgandim.

- 2 iyun kuni "Paxtakor" mehmonda "Andijon" bilan o‘ynaydi. Bugungi Superkubokdan keyin tayyorgarlik reja asosida davom etadimi yoki yana qandaydir mashg‘ulotlarga qo‘shimchalar bo‘ladimi?

- Odatda, o‘yinni ishqiboz sifatida emas, balki kasbim taqozosiga ko‘ra murabbiy sifatida tomosha qilaman. Boz ustiga tez orada aynan “Paxtakor” bilan o‘ynaymiz. Shu bois asosan “Paxtakor”ning o‘yiniga ko‘proq e’tibor qaratdim. Boya aytganimdek, ularda qator muammolar borligiga qaramasdan o‘yinlaridagi tub o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlangani yo‘q. Faqat taktik jihatdan ayrim futbolchilarning maydondagi o‘rni o‘zgargani e’tiborimni tortdi. Shunday ekan, murabbiylar shtabimiz a’zolari uchun qo‘shimcha ish etarli.

- Siz darvozabon bo‘lgansiz. Superkubokdagi eng yaxshi futbolchi darvozabon Abduvohid Ne’matov bo‘ldi. Uning o‘yinini qanday baholaysiz?

- Penaltilar seriyasida yutgani uchun emas, balki butun uchrashuv davomidagi harakatlari uchun Ne’matov bellashuv qahramoni nomiga haqli ravishda erishdi. U o‘zi gol urishdan tashqari, o‘ta muhim bir pallada Xolmatovning juda xavfli zarbasini bartaraf etishga erishdi. Shak-shubhasiz, u bellashuv qahramoni.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
31/05/2024 03:30
Петросян Артём ҳақида тўлиқ маълумот берилиши керак эди. Чала.
Абдухаликов Мухаммад
31/05/2024 08:18
Пахтакор га судялар ёрдам беришни бошламокчи шекилли
бек тв
31/05/2024 03:45
Бу арман жинними уйинни курмаган шекилли канакасига пахтакор анча вакт устунлик килди? 2 тайм 55минутда гол урди и 25минуттан кейин гол утказворди 25минут анча вакт хисобланадими шунда? Так что мана бизани тренерлани савияси!