AS: Zidan "Real" bilan 2020 yilgacha shartnomasini uzaytirdi
Frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Madridning “Real” klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yangi shartnoma allaqachon imzolangan, biroq bu haqda rasman e’lon qilinmayapti.
Zidanning “qirollik klubi” bilan imzolagan yangi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Unga ko‘ra 45 yoshli mutaxassisning yillik maoshi ham 4,35 mln evrodan 8 mln evrogacha ko‘tarilgan. Lekin ushbu summaning bir qismi qo‘lga kiritiladigan natijalardan kelib chiqqan holda bonus sifatida beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Zidan qo‘l ostida 2 karra EChL va 2 karra UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari jamoa uzoq yillik tanaffusdan so‘ng o‘tgan mavsum mamlakat chempionligini ham qo‘lga kiritishgan edi.
Fikrlar