Asensio "Real"dan ketishni o‘ylamoqda

  • 17 dekabr, 2022, 12:31
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yaqin kunlarda ispaniyalik yarim himoyachi Marko Asensio bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bundan ko‘zlangan maqsad ispaniyalik futbolchining poytaxt klubidagi kelajagini muhokama qilish bo‘ladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Tecno

Markoning Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga etadi. U ortda qolgan oylar davomida asosiy tarkibga kirishda muammolarga duch keldi.

Biroq shunga qaramay klub 26 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilish niyatida bo‘lib turibdi. Asensioning esa maqsadlari boshqacha, u ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlagani sababli jamoani tark etishni o‘ylamoqda.

Ikki oradagi muzokaralar jahon chempionatidan so‘ng boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, Asensio JCh davomida Ispaniya safida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golni yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!