Ashurmatov: "Fayzullaev Husanovning yo‘lini takrorlay oladi"

  • 10 iyul, 17:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Rubin" klubini tark etib Eronning "Istiqlol" klubiga o‘tgan legionerimiz Rustam Ashurmatov TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning potentsiali haqida gapirdi.

Tecno

- Turkiya klublari Fayzullaevga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. U Rossiyani Turkiyaga almashtirishi kerakmi?

- Aniq aytolmayman, chunki u bilan bu haqda gaplashmaganman. Lekin Turkiyadan takliflari borligini eshitdim. Agar unga doimiy ravishda o‘yin amaliyoti berishsa, men uning o‘rnida ketgan bo‘lardim. Lekin Turkiyada zaxiraga o‘tirsa, Rossiyada qolgani ma’qul.

- Fayzullaev Husanovning yo‘lini takrorlay oladimi?

- 100%! Jamoa bilan mashg‘ulotlardan tashqari, Abbos individual tarzda ham ishlaydi. U Evropaga borishni xohlaydi va buni uddalaydi," - dedi Ashurmatov rossiyalik muxbir Vladislav Kruglov bilan suhbatda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!