
Asror Aliqulov faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum
Pro-liga ishtirokchisi - G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi hozircha yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlagani yo‘q. Bir qator masalalar bo‘yicha echim topilishi kutilmoqda.
Klubda avvalo, bosh murabbiy masalasi ko‘ndalang turgandi. Boisi, o‘tgan yili “Sho‘rtan”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Asror Aliqulovning shartnomasi yakuniga etgani sababli, ushbu vaziyat ochiq turgandi.
Ammo jamoa rahbariyati yangi mavsumda ham yana Asror Chorievich bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan. Natijada, Aliqulov “Sho‘rtan”dagi faoliyatini davom ettirishga rozilik bergan. Tez orada yangi mavsum uchun tayyorgarlik rejasi oydinlashadi.
Fikrlar