
"Aston Villa" o‘z maydonida "Olimpiakos"dan 4 ta gol o‘tkazib yubordi (video)
UEFA Konferentsiyalar ligasining yarim finalida “Aston Villa” o‘z maydonida “Olimpiakos”ni qabul qildi.
Birmingemdagi o‘yinda darvozalarga naqd 6 ta gol kiritildi. Yakunda esa grek klubi 4:2 hisobida ustun keldi. E’tiborlisi, “Olimpiakos” safida Ayub el-Kaabi xet-trik muallifi bo‘ldi.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 10 may kuni Gretsiyada bo‘lib o‘tadi.
Quyida “Aston Villa” – “Olimpiakos” bahsining qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar