
"Aston Villa" Reshford masalasida bir qarorga keldi
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri va klub rahbariyati Markus Reshford bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash zarur degan xulosaga kelishdi.
Hozirda Reshfordning transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli. Ruben Amorim boshchiligidagi jamoada u ko‘pincha asosiy tarkibga kirmagan, murabbiy esa futbolchini mashg‘ulotlarda etarlicha mehnat qilmaslikda va ishga bo‘lgan loqayd munosabatda ayblagan, deb xabar beradi TeamTalk.
"Aston Villa"ga o‘tgach, Reshford 13 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Bu esa uning amaldagi shartnomasida ko‘zda tutilgan transferni sotib olish bandini faollashtirish uchun asos bo‘lmoqda. Ushbu bandga ko‘ra, transfer 45 million evroga tushadi. Biroq klub ushbu narxni tushirishga harakat qilishi mumkin.
Shuningdek, Reshfordning yuqori maosh talablariga ko‘ra, ushbu transfer amalga oshmay qolishi ham mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar