"Aston Villa" shayxlar taklifini rad etdi

  • 19.08.2026 18:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Aston Villa» saudiyalik «Al-Ahli» klubining hujumchi Olli Uotkins uchun taklif etgan 45 million yevro miqdoridagi taklifini rad etdi. Bu haqida Daily Mail Sport xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining o‘zi Saudiya Arabistoniga o‘tishga qarshi emas. Shu bilan birga, bir necha mavsumdan buyon unga tayanayotgan birlashma rahbariyati Uotkinsni jamoada saqlab qolish niyatida. «Aston Villa» so‘nggi taklifni qabul qilmadi, ammo yaqin kunlarda «Al-Ahli» yana yangi taklif yo‘llashi kutilmoqda.

Olli Uotkins 2020 yildan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda 30 yoshli hujumchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 55 o‘yinda maydonga tushib, 21 marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi va 5 bor golli pas muallifiga aylandi.

Angliyalik futbolchining «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!