
"Atalanta" "Chelsi" futbolchisini ham olib keladi
"Chelsi" himoyachisi Davide Dzappakosta "Atalanta" klubiga sotib olish huquqi bilan ijaraga o‘tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Nikola Skiraning ma’lum qilishicha, 28 yoshli futbolchining transferi seshanba kuni rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Italiyaliklar Dzappakostaning o‘zi bilan shartnoma bandlari bo‘yicha kelishib bo‘lgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi ham aniq.
Himoyachi o‘tgan mavsumni ijara asosida "Roma"da klubida o‘tkazgan edi.
Fikrlar