
"Atalanta" Daniyada EChL debyutantini ayab o‘tirmadi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida “Atalanta” Daniyada “Midt’yullann” mehmoni bo‘ldi.
Bergamoliklar musobaqa debyutantiga qarshi o‘yinda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi. Yakuniy hisob ham shunga yarasha bo‘ldi – 0:4. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gollarga Duvan Sapata (26'), Alexandro Gomes (36'), Luis Muriel (42') va Aleksey Miranchuk (89') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar