"Atalanta" hujumchisi "Barselona"ga ko‘chib o‘tmoqchi

  • 22 mart, 16:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman Italiya klubini tark etib, "Barselona"ga o‘tishni xohlamoqda. Bu haqda "BarcaUniversal" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, agar futbolchi "Atalanta" bilan amaldagi shartnomasi (2026 yil iyun) tugashini kutmasa, uning transferi taxminan 30 million evroga amalga oshishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Lukman joriy mavsum barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!