
"Atalanta" klubi yarim himoyachisi "Inter"ga ko‘chib o‘tadi
Italiyaning "Atalanta" klubi yarim himoyachisi Roberto Galyardini yaqin orada "Inter"ga ko‘chib o‘tadi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, "neradzurrilar" 22 yoshli futbolchini iyunda sotib olish sharti bilan ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olmoqda.
Manbaning xabar berishicha, ushbu yarim himoyachining transferi bonuslardan tashqari 25-27 million evroga baholanmoqda.
Qayd etish joiz, Galyardini joriy mavsumda A seriyada 13 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar