
"Atletik Bilbao" - Ispaniya kubogi sohibi!
Ispaniya kubogi finalida "Atletik" va "Malorka" klublari o‘zaro to‘qnash keldi. 120 daqiqa davom etgan o‘yinda basklar g‘alaba qozondi.
O‘yinda hisobni Rodriges ochdi, 50-daqiqada esa Sanset farqni yo‘qqa chiqardi. Shundan keyin darvozalar ishg‘ol qilinmadi va penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda 4:2 hisobi bilan Valverde shogirdlarining qo‘li baland keldi.
Shu tariqa, "Atletik" o‘z tarixida 25-bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqda. Mazkur turnirda klubdan faqatgina "Barselona" ko‘proq zafar quchgan (31).
Fikrlar