
"Atletiko" etakchilaridan biri "Liverpul"ga ko‘chib o‘tishi mumkin
“Atletiko” yarim himoyachisi Saul Nigesni Angliyada "Liverpul" futbolchilaridan biriga o‘rinbosar bo‘ladi, deb aytishmoqda. Ammo “matraschilar” ushbu transfer oynasida hech qanday xaridlar va sotuvlar bo‘lmasligi haqida ma’lum qilmoqda. Faqatgina o‘yinchilardan birining kutilmagan ketishi "matraschilar"ning bu boradagi rejasini o‘zgartirishi mumkin.
Saulning o‘zi "Atletiko"dan ketmoqchi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha, tovon puli esa 150 million evroni tashkil qiladi. "Atletiko" futbolchini ushlab turmaydi, ammo uni biror bir jamoaga shundoq berib ham qo‘ymaydi.
Jorjino Veynaldum PSJga ketganidan keyin Yurgen Klopp jamoasi Saulga e’tibor qarata boshladi. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
“Liverpul” ushbu pozitsiyaga “Xoffenxaym” a’zosi Kristof Baumgartner nomzodini ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Fikrlar