"Atletiko" Feliks o‘rniga qaysi hujumchini olib kelmoqchi?

  • 25 dekabr, 2022, 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi hujumchilar - Markus Tyuram (“Borussiya M”) va Enes Unalga (“Xetafe”) qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Fichajes’ning so‘zlariga ko‘ra, “matraschilar” qishki transfer oynasida jamoadan ketishni rejalashtirgan portugaliyalik hujumchi Joau Feliks o‘rniga yuqoridagi futbolchilardan biri bilan shartnoma imzolamoqchi.

Tyuram joriy mavsum “Borussiya” safida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 32 million evroga baholanmoqda.

Unal esa bu mavsum “Xetafe” tarkibida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Turk futbolchisining transfer narxi 25 millionga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!