"Atletiko" Grizmanning o‘rniga nomzodni "Arsenal"dan topdi

  • 16 may, 2019, 18:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi yozda klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Antuan Grizmanning o‘rniga yangi futbolchi izlashni boshlab yuborgan. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "matraschilar" "Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazettga qiziqish bildirmoqda.

Qizig‘i, frantsiyalik forvard allaqachon Diego Simeone jamoasida o‘ynashi mumkin edi, ammo o‘sha vaqtda madriliklarga transferlarni amalga oshirish masalasida taqiq qo‘yilgan edi va Lyakazett Lionni Londonga almashtirgan edi. Ma’lumot uchun, uning "to‘pchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!