"Atletiko" himoyachisiga Bundesliga grandidan takliflar bo‘lmoqda
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Filipe Luis faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
Globo Esporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli braziliyalik futbolchiga "Borussiya" Dortmunddan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Nemis grandi allaqachon ushbu transfer masalasida “matraschilar” bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Ma’lumot uchun, Filipe Luis joriy mavsum La Ligada jami 19ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar